Infantino JCHdagi ulushni sotish rejasi va boykotlar bo'yicha gap-so'zlarga nuqta qo'ydi

1 avg 2026, 10:45
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Jahon chempionatining tijorat huquqlarini boshqarish bo'yicha yangi tuzilmani yaratish tashabbusi muhokama bosqichida ekanini ma'lum qildi.

Loyihani amalga oshirish faqatgina dunyo futbol assotsiatsiyalarining roziligi bilan mumkin bo'ladi.

"Agar va faqat agar bizning taklifimiz 211 ta a'zo-assotsiatsiyalarimiz va FIFA Kengashining ko'pchiligi tomonidan maqullansa, tijorat faoliyati va tadbirlarni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi, FIFAga tegishli va uning nazorati ostida bo'lgan sho'ba kompaniya tashkil etiladi. Hozirda biz maslahatlashuv jarayonini boshlash bosqichidamiz. Bu demokratik jarayonning bir qismi bo'lib, bu shunchaki loyiha, majburiyat emas.

Ushbu qiymatni yuzaga chiqarish uchun sportni boshqarish va rivojlantirish bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha bilim va tajriba talab etiladi. Bu butun dunyoda futbolni rivojlantirishni jadallashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir. FIFA turnirlarining yuragi va joni bo'lmish muxlislarga kelsak, bu borada hech narsa o'zgarmaydi. Muxlislar ajoyib o'yinning tamal toshi bo'lib qolaveradi va ular tomosha qiladigan hamda yaxshi ko'radigan sport o'zgarmaydi. Nima bo'lgan taqdirda ham, FIFA hech qanday tashqi aralashuvlarsiz futbolni boshqarishda davom etadi", - deya Infantinoning so'zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com