"Inter Mayami" yana bir afsona bilan shartnoma imzolashi mumkin

3 avg 2026, 09:55
"Inter Mayami" "Napoli" yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega yana qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Amerika klubi belgiyalik futbolchini Lionel Messi, Luis Suares va Rodrigo De Paul bilan birlashtirib, jamoada yana bir jahon miqyosidagi yulduzni jamlamoqchi.

Takidlanishicha, 2025 yilning yozidayoq insayder Nikolo Skira "Inter Mayami" va "San-Diego" tomonidan De Bryuynega qiziqish borligi haqida xabar bergan edi. O'shanda belgiyalik futbolchi ikkala klub bilan ham muzokaralar o'tkazgan, ammo Yevropada qolishni afzal ko'rgan edi.

Endilikda, "Mundo Deportivo"ning takidlashicha, MLS'ga ko'chib o'tish varianti yana dolzarb bo'lib qoldi. "Inter Mayami"dan tashqari, futbolchi atrofidagi vaziyatni "Chikago Fayr" va "San-Diego" klublari ham kuzatib borishmoqda.

"Napoli" tarkibida yarim himoyachi 21 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo