

"The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, o'zgarishlar tarafdorlari turli konfederatsiyalar qo'llab-quvvatlay oladigan va barchani birlashtira oladigan nomzodni topishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, faqat Yevropa vakili bo'lgan nomzodning g'alaba qozonish imkoniyati yuqori emasligi takidlanmoqda.
Xabarlarga ko'ra, UEFAdagilar KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani yuqori baholanmoqda. Nashr manbalaridan biri uni kuchli liderlik fazilatlariga ega shaxs sifatida tariflagan.
Shuningdek, ehtimoliy nomzodlar qatoridan Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa ham o'rin olgan. U 2016 yilgi FIFA prezidenti saylovida Janni Infantinoga raqobatchi bo'lgan, ammo mag'lubiyatga uchragan edi.
Avvalroq PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiy FIFA prezidenti lavozimi uchun kurashish niyati yo'qligini ma'lum qildi.
Ayni paytda Janni Infantino kelasi yil bo'lib o'tadigan saylovda yana bir muddatga o'z nomzodini qo'yishni rejalashtirmoqda. Unga raqobatchi bo'ladigan nomzodlar esa 18 noyabrga qadar rasman ko'rsatilishi lozim.



