

“Diario Sport” ma'lumotlariga ko'ra, agar “qirollik klubi” 70 million evro to'lamasa, “Siti” Rodrini jamoada olib qolish bilan tahdid qilgan. Natijada transfer xavf ostida qoldi.
Angliya klubining poziciyasi beayov: “Manchester Siti” yarim himoyachisini belgilangan qiymatidan arzonroq sotishdan ko'ra, shartnoma muddati tugagunga qadar olib qolishni afzal ko'radi. “Etixad”da muzokaralar stoli atrofida yon berish rejalashtirilmayapti.
Ungacha esa futbolchi o'z qarorini qabul qilib bo'lgan - u hali iyul oyidayoq Madrid klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni xohlamoqda. Faqatgina bitta hal qilinmagan masala qolmoqda: transfer summasi.
Takidlash joizki, Ispaniya terma jamoasi xavbekining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt esa 30 yoshli ispaniyalik futbolchini 55 million evroga baholamoqda - bu “Siti” uning bozor qiymatidan ancha yuqori summa talab qilayotganini anglatadi.



