XXI asrda O'zbekiston chempionatida kimlar poker qayd etgan?

Narzulla Saydullayev
3 avg 2026, 12:40
Kecha Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Xorazm" uchrashuvida mezbonlar hujumchisi Husayn Norchaev 4 ta gol urishga erishdi.

Tahririyatimizga quyidagi savollar juda ko'plab berildi:

So'nggi bor O'zbekiston chempionatida qaysi futbolchi pokerga erishgan? So'nggi marta "Navbahor" safida qaysi futbolchi poker qayd etgan?

So'nggi bor qaysi o'zbekistonlik hujumchi poker rasmiylashtirgan?

Quyida XXI asrda O'zbekiston chempionatida poker va pentra-trik qayd etgan futbolchilar ro'yxatini keltiramiz:

POKER (bir o'yinda 4 ta gol)

2026 yil Husayn Norchaev (Navbahor)

2022 yil Dragan Cheran (Paxtakor)

2022 yil Dragan Cheran (Paxtakor)

2014 yil Ruslan Kachur (Navbahor)

2010 yil Shahboz Erkinov (Sho'rtan)

2009 yil Rivaldo (Bunyodkor)

2007 yil Farhod Tojiev (Dinamo)

2006 yil Pavel Solomin (Traktor)

2006 yil Bahrom Umarov (Metallurg)

2005 yil Anvar Soliev (Paxtakor)

2004 yil Shuhrat Mirxoldirshoev (Navbahor)

2004 yil Zafar Xolmurodov (Nasaf)

2004 yil Zafar Xolmurodov (Nasaf)

2004 yil Umid Isoqov (Neftchi)

2003 yil Zayniddin Tojiev (Paxtakor)

2003 yil Anvar Berdiev (Neftchi)

2003 yil Abduvosit Azizov (Mashal)

2002 yil Jaloliddin Isaqulov (Surxon)

2002 yil Baxtiyor Hamidullaev (Andijon)

2002 yil Ravshan Bozorov (Dinamo)

2002 yil Umid Isoqov (Neftchi)

2002 yil Baxtiyor Hamidullaev (Andijon)

2002 yil Shavkat Saidov (Mashal)

2001 yil Azamat Abduraimov (Do'stlik)

2001 yil Muhsin Muhammadiev (Dinamo)

2001 yil Baxtiyor Hamidullaev (Andijon)

PENTA-TRIK (bir o'yinda beshta gol)

2019 yil Zafar Polvonov (OKMK)

2006 yil Nosir Otaqo'ziev (Neftchi)

2006 yil Hamdam Rahmonov (Dinamo)

2006 yil Orif Mirzoev (Navbahor)

2002 yil Alisher Xoliqov (Zarafshon)

2001 yil Nematulla Qutiboev (Paxtakor)

photo_2018-04-06_21-18-43.jpg

O'zbekiston chempionatlari tarixida bir o'yinda eng ko'p gol urgan futbolchi Ulug'bek Bakaev hisoblanadi. Hujumchi 2000 yilgi mavsum "Buxoro" safida "Temiryo'lchi" jamoasiga qarshi bahsda 6 ta gol urgan va geksa-trik qayd etgan. 1992-2026 yillarda boshqa hech qaysi futbolchi bir o'yinda 5 tadan ortiq gol ura olmagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia