La Liga prezidenti Infantinoni FIFA rahbari lavozimini tark etishga chaqirdi

2 avg 2026, 08:45
La Liga prezidenti Xaver Tebas FIFAning Jahon chempionati huquqlaridagi ulushni xususiy investorlarga sotish bo'yicha tashkilot rahbarining rejasidan voz kechish qaroriga munosabat bildirdi va Djanni Infantinoni egallab turgan lavozimidan ketishga chaqirdi.

"FIFAning o'z musobaqalarini xususiylashtirish bo'yicha taklifni qaytarib olish qarori - bu yaxshi yangilik. Biroq bu bilan tashkilotni boshqarish muammosi hal bo'ldi deb hisoblash jiddiy xato bo'lar edi.

Konfederatsiyalar, milliy assotsiatsiyalar, ligalar, o'yinchilar va futbol jarayonining boshqa ishtirokchilari faqat ushbu qaror bilan cheklanib qolmasligi va masalani yopiq deb hisoblamasligi kerak. Muammo ancha chuqurroq.

Nahotki siyosiy aralashuvdan so'ng [Folarin Balogunning] qizil kartochkasi bekor qilinganini unutgan bo'lsak? Djanni Infantinoning jiddiy qoidabuzarliklar sababli chiqish qilishini talab qilgan AQSH Kongressi tomonidan ochilgan surishtiruvni-chi? FIFAdagi tarixiy korrupsiya ishlari bo'yicha ayblovlarning rad etilganini-chi? Jahon chempionati chiptalarining janjal keltirib chiqargan narxlarini-chi? Manfaatdor tomonlar bilan to'laqonli muloqot va kelishuvlarsiz yakka tartibda qabul qilingan xalqaro kalendar, yangi turnirlar va formatlar bo'yicha qarorlarni-chi?

Muammo hech qachon faqat bitta aniq taklifda bo'lmagan. Muammo - hokimiyatni bir qo'lda to'playdigan, tiyinb turish tizimini zaiflashtiradigan va qabul qilinayotgan qarorlar bevosita ta’sir qiladigan tomonlarning ta’sirini cheklaydigan boshqaruv modelining o'zidadir.

Shu sababli, men Djanni Infantino FIFAga rahbarlik qilishni davom ettirmasligi kerak deb hisoblayman. Jahon futboliga boshqaruv tizimini modernizaciya qiladigan, tashkilotga bo'lgan ishonchni qaytaradigan va kelajakdagi qarorlarni bir tomonlama majburlab o'tkazmasdan, ularning sport, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini dastlab baholagan holda barcha ishtirokchilar bilan birgalikda qabul qiladigan yangi rahbariyat kerak.

Bitta taklifning qaytarib olinishi ilgari yuz bergan barcha narsalarni o'chirib tashlamaydi. Bu shunchaki muztog'ning uchidir", - deb yozdi Tebas X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com