

"Baxtimga, faoliyatimda "jarohat izlari" unchalik ko'p emas. Shunday ekan, mayli, menda "jarohat izi" bor, ammo u bitib bormoqda. Endi u tuzaldi va men Madridda boshlaganimdagi kabi keyingi qadamdan zavq olishga juda motivlanganman va qatiy qaror qilganman. Ortga nazar tashlab, men ijobiy tomonlarni va nimalar o'xshamaganini inobatga olaman. Men juda o'ziga tanqidiy munosabatda bo'ldim, chunki hamma narsa kutilganidek kechmadi va nimani yaxshiroq qilishim mumkinligi haqida o'yladim. Ijobiy jihatlarga kelsak, juda katta tajriba bor, men boshdan kechirishim kerak bo'lgan moslashuv jarayoni, o'yin nuqtayi nazaridan, jamoani boshqarish nuqtayi nazaridan ish bergan va ish bermagan bazi narsalar bor. Bu hamma narsaning aralashmasidir. Men bu "Chelsi" uchun to'g'ri vaqt, men uchun to'g'ri vaqt va yaxshi imkoniyat ekanini ko'rdim. Bu oxirgi vaqtlarda haqiqatan ham yaxshi o'ynayotgan jamoa va vaziyat o'tgan mavsum oxirida ko'ringanidek yomon emas edi. Yaxshilanish uchun katta potencial bor va bu qancha vaqt olishini ko'ramiz", - deya Alonsoning so'zlarini "ESPN" nashri keltiradi.
Angliya chempionatining 2026/2027 yilgi mavsumi 1-turida "Chelsi" 24 avgust kuni mehmonda "Fulxem"ga qarshi maydonga tushadi.



