Desham chorak final bahsiga argentinalik Telo tayinlangani haqida: "Raqibimiz Marokash, hakam emas”

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 20:42
Desham Marokashga qarshi o'yinda argentinalik hakamlar haqida: meni bu xavotirga solmayapti.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Marokashga qarshi o'yinga argentinalik hakam tayinlangani uni xavotirga solmayotganini aytdi. Jamoalarning JCH-2026 chorak finalidagi uchrashuvi payshanba, 9 iyul kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvning bosh hakami etib argentinalik Fakundo Telo tayinlandi.

"Yo'q, hech qanday savol yo'q. Sizda savollar tug'ilishi mumkin, lekin meni bu xavotirga solmayapti. Umid qilamanki, referi yaqinda bo'lib o'tgan o'yindagi (Argentinaning Misr ustidan 3:2 hisobidagi g'alabasi) Letekse va uning brigadasi kabi yaxshi ishlaydi. Raqibimiz Marokash, hakam emas. Aksincha, u o'yin qoidalarini imkon qadar aniqroq qo'llash uchun shu yerda", - dedi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport