Dide Desham jahon chempionatlari tarixidagi murabbiylik rekordini o'rnatdi

5 iyul 2026, 09:15
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jahon chempionatlarining pley-off bosqichida eng ko'p g'alaba qozongan murabbiyga aylandi va mutlaq rekordchi sifatida tarixga kirdi.

Bu haqda Squawka statistika portali xabar bermoqda. Murabbiy jami 10 marta pley-off uchrashuvlarida g'alaba qozongan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u futbol tarixidagi afsonaviy murabbiylar - Mario Zagallo (Braziliya), Luis Felipe Skolari (Braziliya) va Yoaxim Lyov (Germaniya) kabi nomlarni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar