Deshamning onasi vafot etdi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi JCHdagi Norvegiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 01:41
Desham onasining vafoti munosabati bilan Norvegiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham onasining vafoti munosabati bilan JCH-2026 dagi jamoa qarorgohini tark etdi.

Fransiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, Desham onasining dafn marosimida ishtirok etish uchun Fransiyaga qaytadi. 26 iyun kuni bo'lib o'tadigan guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi o'yinda bosh murabbiy vazifasini Gi Stefan bajarib turadi.

"Ushbu nihoyatda og'ir damlarda biz murabbiy va uning oilasiga katta sabr-toqat tilaymiz hamda federatsiyadagi barcha nomidan ularga dalda bo'lamiz", - deyiladi Fransiya futbol federatsiyasi bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FFF