

Braziliyaliklar 1/8 finalda Norvegiyaga (1:2) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.
"Biz Braziliya haqida gapiryapmiz, Braziliya – Norvegiya o'yinini ko'rdingizmi? Bu Braziliyani ko'rishning o'zi kishini ko'nglini aynitadi. 35 yoshli Neymar keladi (aslida forvard 34 yoshda), u 5 yildan beri o'ynamayapti... Va aynan u o'yin oxirida nimadir yaratishga urinyapti... Qolganlar qayerda? Texnik mahoratga ega braziliyaliklar qayerda? Meni Paketa yoki boshqa birov haqida ishontirolmaysiz...
Rostini aytsam, bu normal holat emas... Sifat haqida gapirganda, gap to'pni nazorat qilishda ketadi. Braziliya – Norvegiya o'yinini misol qilib olaman, 2-gol, Xoland to'pni qabul qilib oladi va nazorat qiladi – u vaqt va bo'sh hududdan qanday foydalanayotgani ko'rinib turibdi. Keyin u to'pni oldinga suradi va zarba beradi. Hammasi juda oddiy!
Endrik esa to'pni yumalatib boradi, u darvozabon qarshisida yolg'iz qoladi... Agar to'p Ronaldoda bo'lganida, u darvozabonni yo'q qilib, to'pni darvozaga kiritib qo'ygan bo'lardi", – dedi Djorkaeff.



