Desham Fransiyaning JCH-2026da Iroq ustidan qozonilgan yirik g'alabasi haqida gapirdi

23 iyun 2026, 09:40
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Iroqqa qarshi o'yin (3:0) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Balki men futbolchilarimga nisbatan haddan tashqari talabchandirman. Ammo qo'l ostimda bor bo'lgan o'yinchilarga aynan shunday yondashuvni maqul ko'raman.

Ikkinchi bo'limda biz tto'liq kuch bilan harakat qilishga harakat qildik, sodir bo'lgan voqealarni [noqulay ob-havo tufayli o'yinning to'xtatilishini] hisobga olsak, bu oson bo'lmadi. G'alaba - bu yaxshi. Bugun biz keyingi bosqichga yo'l oldik, biroq ishonchim komil, uchinchi o'yin guruhdagi yakuniy o'rnimizni belgilab berishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi", - deya Deshamning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

3-turda Dide Desham shogirdlari Norvegiya bilan to'qnash kelishadi. O'yin juma kuni, 26 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport