"Ular qo'lidan kelgan barcha usullarni qo'llashdi". Desham Fransiyaning JCHda Paragvay ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi

5 iyul 2026, 10:30
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2026 1/8 finalida Paragvay ustidan qozonilgan qiyin g'alabadan (1:0) so'ng jamoasining chorak finalga chiqqaniga izoh berdi:

"Bu oson bo'lgani yo'q. Agar o'yin oxirida vaziyatlarimizdan birini golga aylantirganimizda, g'alaba ancha engilroq qo'lga kiritilgan bo'lardi. Paragvayliklar qo'lidan kelgan barcha usullarni qo'llashdi. Bu tomoshabinlarga yoqadigan futbol emas, lekin biz bor e'tiborimizni saqlab qoldik, bu esa oson emasdi. Ular jismonan baquvvat jamoa va juda yaxshi himoyalanishadi. Bu biz uchun yana bir muhim oldinga tashlangan qadam bo'ldi. Janubiy Amerika jamoalariga qarshi o'ynash doim qiyin, lekin futbolchilarim bu vazifani uddalashganidan xursandman. Biz chorak finaldamiz va bundan zavqlanishimiz kerak", - deya Deshamning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, o'yindan so'ng OAVda paragvayliklarning harakati va maydondagi xulq-atvori juda qo'pol va haddan tashqari agressiv bo'lgani qayd etildi. Jahon chempionatining 1/4 finalida Fransiya terma jamoasi Marokashga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com