

"Natija quvonarli emas, lekin bu muqarrar ravishda jarayonning bir qismidir. Tarkib, jamoaning shakllantirilish tarzi va barcha o'zgarishlar - bu 100% mening mas'uliyatim. Bu mening g'oyam edi. Himoyada chuqur bloklanib o'ynaydigan raqib mudofaasini yorib o'tish oson bo'lmasligi aniq edi. Men minimal hisobdagi g'alabani xotirjam qabul qilgan bo'lardim, lekin yutqazish mumkin emas edi.
O'tkazib yuborilgan gol - omadsizlik, garchi u raqibda bo'lgan xavfli vaziyatlarning umumiy manzarasiga mos tushgan bo'lsa-da. Mohiyatan, ular shunchaki uzun uzatmalar orqali o'ynashdi. Ko'p hollarda biz bu to'plarni yaxshi qaytardik, ammo futbolchilarimizning jismoniy ko'rsatkichlarini hisobga olganda, lozim darajada ustunlik qila olmadik.
Biz birgalikda bor-yog'i bir haftadan beri ishlayapmiz, jamoa yangi, shuning uchun bizga o'zaro tushunish shakllanishi kerak. Futbol mashg'ulotlarni talab qiladi. Bu hafta hamma narsa ajoyib kechdi - bugungi o'yinning katta qismi bundan mustasno", - dedi Klopp Sky Sport Germany nashriga.



