Nevill MYUning Fergyusondan keyingi eng yomon transferi haqida: "Agar bittasini tanlash kerak bo'lsa - Antoni"

28 sen 2026, 00:21
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill 2013 yilda Aleks Fergyuson ketganidan keyingi davrda klubning eng yomon transferini ma'lum qildi.

- "Di Mariya yomon transfer edi, garchi, aytish joizki, men uning o'tishidan juda xursand bo'lgandim. Bu ajoyib xarid deb o'ylagandim. U jarima maydonidan jarima maydonigacha harakatlana olardi, tezkor, ajoyib o'yinchi edi, lekin yakunda shunchaki moslasha olmadi, ko'nikib keta olmadi. Bu yomon transfer edi.

Fellayniga hech qanday etirozim yo'q. Umuman olganda, u klubga o'tmagani maqul edi, ammo u eng yomon transfer emas. U maydonda bor kuchini berardi va 25-30 million funt turardi - bu unchalik katta xarajat emas.

Juda katta xarajatlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu - Antoni. Bu futbolchining o'zini tanqid qilish emas, balki "Yunayted" sarosimaga tushib, u uchun shuncha pul to'laganining ko'rsatkichidir.

Men Antoni va Di Mariyani ko'rsatgan bo'lardim. Ammo bittasini tanlash kerak bo'lsa - Antoni", - dedi Nevill The Athleticga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Metro