Ter Shtegen: "Germaniya terma jamoasi Kloppning g'oyalarini imkon qadar tezroq o'zlashtirishga harakat qilishi kerak"

Sherzod Nurmatov
24 sen 2026, 19:45
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiyaga qarshi o'yin oldidan jamoaning yangi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning faoliyati haqida to'xtalib o'tdi.

"Klopp - noyob murabbiy. Unda qanchalik quvonch va ishtiyoq borligini, futbolni qanchalik qattiq sevishi va u bilan yashashini hamma biladi.

O'yin bo'yicha o'z qarashi va tushunchasi bor, shuning uchun ham u o'zgartirishni istaydigan jihatlar mavjud. Biz uning g'oyalarini imkon qadar tezroq o'zlashtirishga harakat qilishimiz kerak", – dedi ter Shtegen.

Niderlandiya – Germaniya uchrashuvi bugun, 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif