Ronaldu 18 yil ichida ilk bor Portugaliya terma jamoasining rasmiy o'yinida maydonga tushmadi

28 sen 2026, 07:30
Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan o'yinda Norvegiya milliy terma jamoasini safarda mag'lub etdi (2:1).

Hujumchi Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibga kiritilmadi va final hushtagi chalinguniga qadar zaxira o'rindig'ida qoldi. Shu tariqa, forvard 18 yil ichida ilk bor milliy terma jamoaning rasmiy o'yinini to'liq zaxira o'rindig'idan kuzatdi. Oxirgi marta u Evro-2008da, portugallar Shveytsariyaga imkoniyatni boy berishganda (0:2) terma jamoaning rasmiy uchrashuvida maydonga tushmagan edi.

Barcha o'yinlar, jumladan o'rtoqlik uchrashuvlari ham hisobga olinsa, 41 yoshli futbolchi uchun bu 2024 yilning iyun oyidan beri qaydnomaga kiritilgani holda maydonga tushmagan ilk holat bo'ldi. O'shanda terma jamoa Xorvatiyaga mag'lub bo'lgan edi (1:2).

Portugaliya Millatlar ligasining 3-turidagi keyingi o'yinini 1 oktyabr kuni safarda Daniyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com