

Ammandagi “Qirol Abdulla II” stadionida o'tkazilgan nazorat bahsi 1:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 38-daqiqada ochildi. Iordaniya hujumchisi Ali Olvan jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning 52-daqiqasida Mustafo javob golini kiritib, Suriyani mag'lubiyatdan qutqardi.
Shu tariqa, Suriya O'zbekistonga qarshi bahs oldidan Iordaniya bilan durang qayd etdi.
Suriya terma jamoasining navbatdagi raqibi Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston bo'ladi. O'zbekiston – Suriya o'rtoqlik uchrashuvi 1 oktyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o'tkaziladi. Bahs soat 19:00 da boshlanadi.



