

Uchrashuv "VVK-Arena" stadionida (Augsburg, Germaniya) bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Kris Kavana (Lankashir, Angliya) ishladi. Uchrashuvda 1:0 hisobida mehmonlar g'alaba qozonishdi.
O'yindagi yagona golni 74-daqiqada Gretsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dimitrios Kurbelis kiritdi.
Germaniya - Gretsiya
Gol: Kurbelis 74.
Guruh bosqichining 1-turida Gretsiya Serbiyani 2:1 hisobida mag'lub etgan edi, Germaniya esa Niderlandiya bilan durang o'ynagandi - 1:1.



