

Uchrashuv "Naderdei" stadionida (Debrecen, Vengriya) bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Xarm Osmers (Gannover, Germaniya) ishladi. Uchrashuvda 3:0 hisobida Irlandiya terma jamoasi futbolchilari g'alaba qozonishdi.
O'yindagi ilk golni 14-daqiqada Irlandiya hujumchisi Troy Perrott kiritdi. Ikki daqiqadan so'ng forvard Adam Ayda irlandiyaliklar ustunligini oshirdi. 25-daqiqada yarim himoyachi Djek Moylan hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Uchrashuvning qolgan vaqtida jamoalar gol ura olishmadi.
Isroil - Irlandiya 0:3
Gollar: Perrott 14, Ayda 16, Moylan 25.
Guruh bosqichining 1-turida Isroil Avstriyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi, Irlandiya esa Kosovodan mag'lubiyatga uchragandi - 0:1.



