

Jamoalar Norvegiyaning Oslo shahridagi "Ullevol" stadionida maydonga tushishdi. Bosh hakam sifatida Fransiyadan Fransua Letekse ishladi. Uchrashuvda 2:1 hisobida mehmonlar g'alaba qozonishdi.
17-daqiqada Portugaliya terma jamoasi vingeri Joau Feliks jarima maydoni chizig'idan yo'llagan zarbasi bilan o'yinda hisobni ochdi. 51-daqiqada norvegiyaliklar hujumchisi Erling Xoland jarima zarbasidan so'ng to'pni darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada Portugaliya forvardi Gonsalu Ramush Norvegiya darvozaboni Eryan Nyulandning uzatmasini egallab oldi va to'pni golkiper ustidan oshirib tashladi. 58-daqiqada Ramush Nyulandning yana bir xatosidan so'ng ikkinchi golini urdi, ammo darvoza ishg'ol qilinishi VAR qarori bilan bekor qilindi. Hakamlar ofsayd qayd etishdi. Portugaliyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu butun o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.
Norvegiya - Portugaliya
Gollar: Xoland 51 - Feliks 17, Ramush 54.
Norvegiya: Nyuland, Ryuerson, Aer, Xeggem, Eursnes, Berg, Berge, Edegor, Shelderup, Nusa, Xoland.
Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Ruben Diash, Renatu Veyga, Nunu Mendesh, Palinya, Joau Nevesh, Fransishku Konseysau, Joau Feliks, Pedru Netu, Gonsalu Ramush.



