

59 yoshli mutaxassis 2026 yilning iyul oyida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangandi.
"Men hech narsani vada qilmayman. Vada qila oladigan yagona narsam - biz albatta harakat qilib ko'ramiz. Maqsadlar o'xshamayotgan paytda, siz vaziyatni sinchkovlik bilan o'rganasiz va nimanidir o'zgartirishga urinasiz. Biz hozir aynan shuning ustida ishlayapmiz.
G'alaba uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lish maqsadida har bir o'yinda maksimal darajada bor kuchimizni berishni istaymiz. Biroz tezroq harakat qilishimiz va ayrim tuzatishlarni kiritishimiz lozim. Buni allaqachon boshladik. Ertaga nima bo'lishini ko'ramiz. Umid qilamanki, buni maydonda ko'ra olamiz", – dedi Klopp matbuot anjumanida.
Bugun, 24 sentyabr kuni Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 23:45 da start oladi. 27 sentyabrda esa “nemis mashinasi” Gretsiya bilan kuch sinashadi.



