

“Ehtimol, men terma jamoada ham xuddi “Liverpul”dagi poziciyada o'ynasam kerak. Dastlabki uchta mashg'ulotdagi bu holat meni xursand qildi. Meni va o'yinimni muntazam kuzatib boradigan har bir kishi maydonda yuqoriroq chiqib harakat qila olishimni biladi.
Klopp Germaniya terma jamoasida? U tom manoda energiya bag'ishlaydi, futbolchilarning ko'ngliga yo'l topa oladi va vaziyatni juda nozik his qiladi. Men uni juda qattiq hurmat qilaman, chunki u mening faoliyatimda juda katta rol o'ynagan”, – deya van Deykning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Niderlandiya – Germaniya uchrashuvi payshanba, 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.



