Tramp JCH arafasida ayrim shaxslarning mamlakatga kirishi rad etilishi haqida gapirdi

11 iyun 2026, 07:48
AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati arafasida ayrim shaxslarning mamlakatga kirishi rad etilishi haqida gapirdi.

"Biz mamlakatimizga to'g'ri odamlar kelayotganiga ishonch hosil qilish uchun sinchkovlik bilan ishlayapmiz", - deya Trampning so'zlarini keltiradi USA Today.

Bundan oldin AQSHga turnir o'yinlarini boshqarishi kerak bo'lgan somalilik hakam Omar Abdulqodir Artan kiritilmagan edi. U o'z mamlakatidan turnirning final bosqichi hakamlari ro'yxatiga kiritilgan birinchi hakam hisoblanadi. 2025 yilda u Afrika futbol konfederatsiyasi talqiniga ko'ra qitaning eng yaxshi hakami deb topilgan edi.

Futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: USA Today