FIFA Gaiti terma jamoasidan JCH-2026 boshlanishiga bir necha kun qolganda forma dizaynini o'zgartirishni talab qildi. Nega?

11 iyun 2026, 08:10
Gaiti terma jamoasi Shotlandiyaga qarshi jahon chempionatidagi ilk o'yiniga bir necha kun qolganda forma dizaynini o'zgartirishga majbur bo'ldi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, terma jamoa futbolkasida harbiy sahna tasvirlangan bo'lib, bu FIFA qoidalariga to'g'ri kelmagan.

Turnir oldidan o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida foydalanilgan formada Gaiti mustaqilligini taminlagan 1803 yildagi Verter jangi surati va mamlakat bayrog'i tasvirlangan edi.

Biroq, xalqaro federatsiya reglamenti ekipirovkada har qanday "siyosiy, diniy yoki shaxsiy xabarlar va shiorlar" joylashtirishni taqiqlaydi.

FIFA bazi vizual elementlar uning ekipirovka bo'yicha reglamenti doirasida turlicha talqin qilinishi mumkin degan qarorga keldi va yakunda dizaynga o'zgartirish kiritishni talab qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC