

O'yindan keyin "G'azalkent" bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Juda qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Raqib qanchalik kuchli va jiddiy ekanini bilardik. "Sho'rtan" o'z oldiga birinchi o'rin maqsadini qo'ygan. Mehmonda to'p tepdik, bu ham og'ir bo'ldi. Futbolchilarimizga rahmat, ikkinchi taymda bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lishimizga qaramay oxirigacha kurash olib borishdi. Qisqasi, oson g'alabani qo'lga kiritmadik. "Sho'rtan" jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman.
- Futbolchingiz qizil kartochka olgan bo'lsa ham, jamoa qo'lini tushirmadi va oxirigacha kurashdi.
- Har o'yindan oldin tegishli ko'rsatmalarni beramiz. Yutamizmi yo yutqazamizmi, maydonda kamchilik bo'lib qolamizmi farqi yo'q, oxirigacha o'ynash kerak. Avvalambor hushyorlikni yo'qotish kerak emas. Mas'uliyatni his qilib oxirigacha kurashish kerakligini doim uqtirib kelyapmiz.
- Jamoangiz oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?
- Biz bunday maqsadni qo'yganmiz. Bizga futbolchi yetishtirib berish vazifasi qo'yilgan. Futbolchilarni rivojlantira olsak, shu bizning eng katta yutug'imiz bo'ladi.
- O'yindan oldin g'alaba kutganmidingiz?
- Murabbiy doim o'z jamoasidan yutuq kutadi. Durang o'ynaymiz, maydonda yotib olamiz demaysiz-ku. O'yinchilarni katta futbolga tayyorlayapmiz, demak faqat yutuqqa o'rgatish kerak. Natija qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.



