

Bu o'yin Portugaliya terma jamoasi uchun bo'lajak JCH-2026 ga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi uchrashuv bo'ldi.
"Tayyorgarlik yakunlandi. Nigohlar jahon chempionatiga qaratilgan", - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.
Portugaliya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida DR Kongo, O'zbekiston va Kolumbiya bilan birga o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu futbol tarixida milliy terma jamoa safida ham o'yinlar soni, ham gollar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Ayni damda portugaliyalik futbolchi hisobida 228 ta o'yinda 143 ta gol mavjud.



