Tramp maxsus vakili Italiyaning JCHda Eron o'rniga ishtirok etishi mavzusida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 12:40
AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Zampolli Italiya mundialda qatnashishiga ishonchi komil.

Zampolli bunga 50 ga 50 deb qaraydi va bu g'oyani muhokama qilish uchun FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashishni niyat qilgan. Garchi bu g'oya Italiyaning o'zida zarur optimizm bilan qabul qilinmagan bo'lsa-da, Trampning maxsus vakili Jahon chempionati usiz o'tkazilmasligiga ishonadi.

2.jpg

"Italiyaning Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli qanday? Menimcha, bu 50% dan ortiq. Men Infantino bilan shu hafta oxirida Mayamida Formula 1 Gran-prisida uchrashaman. Italiyasiz Jahon chempionati bo'lishi mumkin emas. Qaror Infantino va Trampga bog'liq bo'ladi", – dedi Zampolli.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times