Tramp Eronning JCHda ishtirok etishi haqida: "Ehtimol, ularda kuchli jamoa bor"

Sherzod Nurmatov
1 may 2026, 15:30
AQSH prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoning Eron bo'yicha chiqargan qarorini qo'llab-quvvatladi.

"Agar Janni shunday degan bo'lsa, bunga men ham qo'shilaman. Yaxshi o'ynashsin. Ehtimol, ularda kuchli jamoa bor", – dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.

Avvalroq Infantino Eron JCHda ishtirok etishini va o'yinlarini AQSHda o'tkazishini e'lon qilgandi.

Ma'lumot o'rnida, Eron Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhda o'ynaydi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Musobaqada birinchi marta 48 ta jamoa, jumladan, O'zbekiston ham ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports