O'rtoqlik o'yini. JCH-2026dagi raqibimiz Portugaliya Nigeriyani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2026, 02:55
Portugaliya terma jamoasi Nigeriya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Leyriya shahrida bo'lib o'tgan bahsda portugaliyaliklar Nigeriya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida irodali g'alaba qozonishdi.

Portugaliya - Nigeriya 2:1

Gollar: Netu 23, Konseysau 75 - Adams 37.

Portugaliya: Koshta, Dalot, Inasiu, Diash, Semedu, Vitinya, Nevesh, Trinkau, Fernandesh, Netu, Ronaldu.

Nigeriya: Okoye, Adjayi, Beyssi, Onemaechi, Akpan, Ayuobi, Ndidi, Dele-Bashiru, Nnadi, Saymon, Adams.

Takidlash joizki, JCH-2026 guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi K guruhidan o'rin olgan bo'lib, ular O'zbekiston, Kolumbiya va Kongo terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia