

Norvegiya futbol federatsiyasi (NFF) rahbari Lize Klavenessning ma'lum qilishicha, federatsiya FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan yo'llangan shikoyatni qo'llab-quvvatlagan va bu haqda xalqaro tashkilotga rasmiy maktub yuborgan.
NFF "FairSquare" inson huquqlari tashkilotining poziciyasini qo'llab-quvvatlagan holda, Donald Trampni taqdirlash FIFA ustavidagi siyosiy betaraflik qoidalariga zid kelishini tekshirishni talab qilgan.
Lize Klavenessning takidlashicha, ushbu maktub ayrim siyosiy reakciyalarni keltirib chiqargan bo'lsa-da, Norvegiya jahon chempionati yakunlanganidan so'ng jarayonni kuzatish va bosimni oshirishda davom etadi.
Budapeshtda bo'lib o'tgan uchrashuvda FIFA vakillari bilan konstruktiv suhbat o'tkazilgan va Norvegiya o'z poziciyasi bo'yicha boshqa federatsiyalardan ham qo'llab-quvvatlov olgani qayd etilgan.



