Tramp: "Eron terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishini noo'rin deb hisoblayman"
Khoja
13 mar 2026
AQSH prezidenti Donald Tramp o'z ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida 2026 yil yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida Eron terma jamoasining ishtirok etishi noo'rin ekanligi haqida bayonot berdi.
"Eron terma jamoasi jahon chempionatiga kelishi mumkin, lekin haqiqatan ham ularning u erda bo'lishini noo'rin deb hisoblayman - ularning o'z xavfsizligi uchun. E'tibor uchun rahmat", - deb yozdi Tramp.