

Eslatib o'tamiz, Nyu-Yorkda o'tkazilgan Niderlandiyaga qarshi bahsdan avval stadionga yetib kelgan O'zbekiston terma jamoasi vakillari policiya tomonidan kuchaytirilgan tartibda tekshirildi. Ushbu voqea nafaqat O'zbekistonda balki, butun futbol ommasi tomonidan tanqid qilindi.
Gazeta.uz nashri O'zbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayzievdan voqea borasida izoh so'radi.
“Futbolchilarimiz bilan sodir bo'lgan voqea yuzasidan mamlakatimizning Nyu Yorkdagi Bosh konsulxonasi orqali AQSHning tegishli idoralari bilan aloqa o'rnatildi va vaziyat bo'yicha rasmiy tushuntirish berilishi so'raldi”, - dedi u.
“Har qanday xavfsizlik choralari davlatlarning ichki qoidalariga muvofiq qo'llanishini tushungan holda, bu kabi jarayonlar sport tadbirlari ruhiga, xususan, o'zaro hurmat va do'stona munosabatlarga putur etkazmasligi muhim deb hisoblaymiz”, - deya ta'kidladi TIV vakili.



