"Muammolar bor. lekin, men hech narsadan afsuslanmayman". Infantino - AQSH, Kanada va Meksikada JCH o'tkazilishi haqida

11 iyun 2026, 09:25
FIFA prezidenti Janni Infantino futbol bo'yicha jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tishidan afsuslanmasligini ma'lum qildi.

"Men hech narsadan afsuslanmayman. Oxirgi 30 yildan beri tadbirlar tashkil etish bilan shug'ullanaman. Men katta va kichik muammolarni hal qilishga o'rganib qolganman. Uch yarim yil oldingi matbuot anjumanida muammolar ehtimol bundan ham jiddiyroq edi.

Muammolar bor. Bunday miqyosdagi tadbir uchun bu normal holat. Ularning bir qismi AQSHda, bir qismi Kanadada, yana bir qismi Meksikada yuzaga kelmoqda. Umid qilamanki, biz ularning barchasini hal qila olamiz. Katta ehtimol bilan yo'q, lekin biz qo'limizdan kelgan barcha ishlarni qilamiz", - deya Infantinoning so'zlarini keltiradi The Athletic.

O'xshash yangiliklar


Manba: he Athletic