Superliga. "Bunyodkor" – "Nasaf" (matnli translyatsiya)

Оқил Абдубарноев
16 iyul 2026, 20:00
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvi boshlandi.

Superliga, 12-tur

"Bunyodkor" – "Nasaf" 1:1

16 iyul 2026 yil. Toshkent, "Olimpiya" stadioni. 20:00

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nechoxin, Dias Galiev

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Bekzod Aripov.

Gollar: 1:0 – 5, Bilolxon Toshmirzaev (Dmitriy Pletnyov), 1:1 – 14, Bobir Abdixoliqov (Yusuf Otubanjo)

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 8.Dmitriy Pletnyov, 9.Matiya Krivokapich, 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 66.Azizbek To'lqinbekov, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev, 20.Abdulfayz Bobomurodov, 27.Islom Anvarov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 81.Abdusamir Ilhomov, 88.Mirkamol Annamatov.

"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akrom Komilov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov, 20.Yusuf Otubanjo, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 2.Alibek Davronov, 3.Mashhurbek Abdisoliev, 6.Sardor Bahromov, 22.Diyorbek Abdunazarov, 23.Dilshod Murtazaev, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonchbek Xushvaqtov, 76.Zafar Sadullaev.

36'Xavfli vaziyat! Har ikki darvoza oldida ketma-ket shiddatli lahzalar yuzaga keldi.

Avvaliga "Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumidan so'ng jarima maydoniga oshirilgan to'pni Yusuf Otubanjo darvozaga yo'lladi, biroq himoyachi to'p yo'liga g'ov bo'ldi. Bahs shu zahoti mezbonlarning tezkor qarshi hujumiga ulanib ketdi: "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nosirjon Abdusalomov qulay vaziyatdan raqib darvozasini nishonga oldi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi!

33' – "Nasaf" jamoasidan navbatdagi xavfli hujum. Sharof Muhitdinov raqib jarima maydoni ichida qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq u zarba berishga ulgurmadi – "Bunyodkor" himoyachisi tezkor harakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

29' – Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini uzoq masofadan o'qqa tutib ko'rdi, biroq uning yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

27'Xavfli vaziyat! "Nasaf" gol urishga juda yaqin keldi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan Bobir Abdixoliqov qulay imkoniyatdan darvozaga kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi! "Bunyodkor" baxtiga to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi.

24' – Uchrashuv bosh hakami futbolchilarga suv ichib, nafas rostlab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qildi. Havo harorati yuqori bo'lgani sababli jamoalar murabbiylar ko'rsatmalarini tinglab olishmoqda.

23' – "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev raqib darvozasi tomon olisdan juda kuchli zarba yo'lladi. "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov ishonchli harakat qilib, xavfli zarbani qaytarishga erishdi!

21' – "Bunyodkor" vakillarida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Mezbonlar hujumchisi raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishi mumkin edi, biroq "Nasaf" himoyachisi Umar Eshmurodov juda ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

14'GOOOOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirmoqda! 1:1!

Mehmonlarning tashkil etgan chiroyli kombinacion hujumi samara berdi. Jarima maydoniga oshirilgan to'pni Bobir Abdixoliqov darvozaga aniq yo'llab, muvaffaqiyatli yakunladi va muvozanatni tikladi!

12' – "Nasaf" futbolchilaridan xavfli hujum. Adenis Shala raqib darvozasi tomon olisdan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

10' – Maydon markazida qoida buzildi. "Bunyodkor" himoyachisi Azizbek To'lqinbekov raqibi Oybek Rustamovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam o'yinni to'xtatib, mehmonlar foydasiga jarima to'pi belgiladi.

5'GOOOOL! Mezbonlar uchrashuvda hisobni ochishmoqda! 1:0!

"Bunyodkor" futbolchilari tashkil etgan tezkor qarshi hujum gol bilan yakunlandi. Bilolxon Toshmirzaev to'p bilan tezkorlikda oldinga intildi va raqib jarima maydoni yaqinidan yo'llagan aylanma zarbasi bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi! Abduvohid Ne'matov sakrab ham to'pga eta olmadi, supergol!

1' – Hakam G'ayrat Jo'raevning hushtagi chalindi va Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida uchrashuvga start berildi!

Jamoalar "Olimpiya" stadioni maydoniga chiqib kelishmoqda. Bugungi bahsda mezbonlar – "Bunyodkor" futbolchilari to'q binafsharang, mehmonlar – Qarshining "Nasaf" jamoasi esa to'liq qizil libosda harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia