Liverpul Salohning o'rniga 130 million funtga futbolchi olib kelmoqchi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2026, 19:50
Liverpul klubi Bornmut vingeri Rayanga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar Muhammad Salohga uzoq muddatli istiqbolda o'rinbosar sifatida qaralayotgan 19 yoshli braziliyalik futbolchi bo'yicha allaqachon ma'lumot to'plashni boshlab yuborishdi, deya xabar bermoqda TEAMtalk.

Liverpulning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola (avval Bornmutda Rayan bilan birga ishlagan) futbolchiga ijobiy baho berdi va uning salohiyatini juda yuqori deb hisoblaydi. Qizillar futbolchi joriy yilning yanvar oyida Vasko da Gamadan Angliyaga ko'chib o'tishidan oldin ham unga qiziqish bildirishgandi, biroq Bornmut tezroq harakat qilib qolgan. Mavsumning ikkinchi yarmida Rayan Premer-liganing 13 ta uchrashuvida 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, chempionatga juda tez moslashib ketdi hamda Braziliya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan joy oldi.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining shartnomasida 130 million funt (153 million evro) miqdorida tovon puli (tovon pulini to'lab sotib olish bandi) ko'rsatilgan, biroq bu band eng kamida 2027 yildan boshlab kuchga kiradi. Ayni damda Bornmut vaziyatni to'liq nazorat qilmoqda va o'z transferidan atigi yarim yil o'tgan eng istiqbolli o'yinchilaridan birini qo'yib yubormoqchi emas. Liverpuldan tashqari, Rayanning vaziyatini Barselona, Bavariya va Pari Sen-Jermen klublari ham kuzatib bormoqda. Shuningdek, mersisaydliklar muqobil variantlarni, jumladan, Braytondan Yankuba Minte va Krisensio Sammervill nomzodlarini ham ko'rib chiqishda davom etmoqda.

gettyimages-2275358488-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: TEAMtalk