Eldor Shomurodov Rivaldo bilan uchrashuvi haqida gapirdi hamda yoshlarga maslahat berdi

Оқил Абдубарноев
26 iyun 2026, 19:54
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Eldor Shomurodov bolalik kezlarida Rivaldo bilan bog'liq xotiralar haqida gapirdi.

"Akademiyada yosh futbolchi bo'lgan kezlarim, o'yinchilarni qo'lidan ushlab maydonga olib chiqishda doim ko'maklashardim. Kunlarning birida shunday bo'ldiki, menga Rivaldo biriktirildi. O'sha lahzalar haqida juda iliq xotiralarim bor. Rivaldo o'sha paytda futbolning asl timsollaridan biri edi va hamma: "Endi 10 kungacha qo'lingni yuvmaysan", – deya hazillashardi.

Bular hamon shirin xotiralar, lekin, albatta, o'shandan beri ko'p narsa o'zgardi. Hozir esa men Jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasining sardoriman. Umid qilamanki, bu yoshlar uchun kuchli motivaciya bo'ladi va ular o'z kumirlaridan ilhomlanib, sport bilan ko'proq shug'ullanadilar. Bu ular uchun ajoyib imkoniyat va bu holat bizni juda quvontiradi. Yosh futbolchilarga beradigan maslahatim – hech qachon taslim bo'lmang va doimo yaxshi niyatda bo'ling. Hayotda chalg'ituvchi omillar ko'p bo'lishi mumkin, ammo orzuingiz bo'lsa va ularga e'tibor qaratmasangiz, maqsadingizga, albatta, erisha olasiz" dedi 30 yoshli hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: FIFA