Bellingem Messi bilan bo'lgan tortishuv tafsilotlarini oshkor qildi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2026, 17:32
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati - 2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bilan yuzaga kelgan suhbatga izoh berdi.

"Aslida biz shunchaki fol haqida gaplashayotgan edik, u yerda hech qanday yomon narsa bo'lgani yo'q. Mening fikrimcha, bir oz avvalroq menga nisbatan qoida buzilgandi, u esa oldimga kelib: "Menga ishlatilgan fol haqida nima deysan?", deb so'radi. Bunga javoban men shunchaki: "Qo'ysang-chi, sen bunday zarbalarga dosh bera oladigan darajada kuchlisan-ku", dedim xolos", - deya Bellingemning so'zlarini keltiradi talkSPORT.

Jahon birinchiligining finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari to'qnash kelishadi. Uchrashuv 19 iyul, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da (Moskva vaqti bilan 22:00 da) Nyu-Jersidagi "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadi.

gettyimages-2286262162-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: talkSPORT