🔴🔴🔴 Superliga. "Neftchi" – "Buxoro" 0:1 (matnli translyatsiya)

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2026, 20:01
Superliga 12-turidan o'rin olgan bahs davom etmoqda.

Superliga

12-tur

"Neftchi" – "Buxoro" 0:1 (LIVE)

Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 20:00

Gol: Xurshid Muxtorov penalti 8’

Bosh hakam: Ahror Risqullaev

Yordamchi hakam: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Xusan Hudoyberdiev

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Xurshid G'iyosov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumaev, 18.Stipe Perica, 27.Nurbek Sarsenbaev, 30.Rustambek Fomin, 34.Farruh Sayfiev, 77.Ratino.

“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev, 22.Asadbek Jo'raboev, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich, 97.Shahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodir Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Nika Kacharava, 10.Shahzod Ubaydullaev, 14.Islom Baratov, 25.Sherzod Esanov, 77.Asilbek Qayyumov.

Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullaev (6).

39. Uuux! Jokichning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Muxtorov darvoza chizig'i ustida zarbani qaytarib qoldi, u jamoasini muqarrar goldan asradi.

37. Yo'ldoshev asabiylashgan holda Ro'zievni turtdi, biroz o'tib ular bir-birlariga qo'l berib qo'yishdi.

35. Aliboev ortdan turib Ro'zievga nisbatan biroz qo'pol o'ynadi, fol.

31. Zarbaaa! Ravshan Xayrullaevning zarbasidan keyin Bootirali Ergashev zarbani bartaraf etdi, ajoyib seyv!

29. Uuux! Rodichning kuchli zarbasidan keyin to'p rikoshet orqali maydonni tark etdi.

28. Ismoilovning qanotdan oshirib bergan to'piga dastlab himoyachi, so'ng darvozabon Hamroev ega chiqdi.

25. Cooling break: bosh hakam tanaffus e'lon qildi

24. Zarba! Ro'ziev ancha uzoqdan daovoza tomon zarba berishga harakat qildi, noaniq.

24. Ahror Risqullaev asabiylashayotgan “Neftchi” ustozi Islom Ismoilovni og'zaki ogohlantirdi.

23. Yovovichning jarima zarbasidan bergan uzatmasidan keyin to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

21. Ismoilov Yo'ldoshev bilan to'qnashuvda penalti so'rab, yiqildi. Bosh hakam o'yinni davom ettirish lozimligini uqtirdi.

17. Zarba! Ibrohimhalil Yo'ldoshev olis masofadan zarba berib ko'rdi, ammo to'p mo'ljalga aniq bormadi.

16. Ismoilovning yaxshi o'ylangan pasidan so'ng buxorolik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

12. Mamasidiqov Yo'ldoshevni qanotdan oldinga boshlamoqchi bo'ldi, ammo sherigi uni tushunmadi, to'p kyetib qoldi…

10. Zarbaaa! Rodich yaqin masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yo'lladi.

8. GOL! Xurshid Muxtorov penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi - 0:1!

7. Penalti! Mladovichning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p Jokichning qo'liga tegdi.

6. Ubaydullaev tezlikda o'zib ketayotgan Jo'raboevni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

3. Zarbaa! Odilovning aylanma zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia