
Musobaqaning ilk finalchisiga aylangan Ispaniya terma jamoasi yarim finalda turnirning asosiy da'vogarlaridan biri - Fransiyani musobaqadan chiqarib yubordi. Studiya ekspertlari Tolibjon Qosimov, Kamoliddin Alimov va Mirkomil Musaev, Narzulla Saydullaev ushbu uchrashuv tahlilini olib borishdi.

Tolibjon Qosimov: "De La Fuentening aqlli taktikasi Fransiyaning dahshatli hujumini zararsizlantirdi"
O'yindan oldin ko'pchilik Fransiyani yaqqol favorit sifatida ko'rayotgan edi. Boisi, francuzlar musobaqaning eng kuchli va dahshatli hujum chizig'iga ega jamoa hisoblanardi. Ammo maydonda ushbu yulduzli hujum triosi hech narsa qila olmadi. Bunga esa to'g'ri taktika tanlagan Ispaniya terma jamoasi sababchi bo'ldi. Murabbiy Luis de la Fuentening jamoani o'yinga qanday tayyorlagani uchrashuv davomida yaqqol bilindi.
Fransiya ustozi Dide Desham ushbu bahsda tezkor qarshi hujumlarga umid bog'lagan edi. Chunki ispanlar to'p nazoratini o'z qo'lida ushlab turishi sir emasdi. Biroq Ispaniya raqibga bunday imkoniyatni umuman bermadi. Hujumga o'tish vaqtida ham orqa chiziqdagi uch nafar himoyachi o'z poziciyasini tashlab kyetmadi. Natijada Fransiya qarshi hujumga qochish uchun maydonda kattaroq bo'sh hudud topa olmadi. De La Fuente haqiqatan ham o'ta aqlli murabbiy ekanligini isbotladi.
To'g'risi, o'yindan oldin kimdan so'rasangiz ham bunday manzarani tasavvur qilolmasdi. Sababi, francuzlar tarkibida ushbu bahsgacha jami 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan Usmon Dembele, Kilian Mbappe va Maykl Olise kabi ijrochilar bor edi. Ular har o'yinda xavfli vaziyatlar yaratib kelishayotgandi. Biroq Ispaniya shu qadar mukammal tayyorgarlik ko'ribdiki, ularga umuman yo'l bermadi. Fransiya birinchi bo'limda birorta ham xavfli vaziyat yaratolmadi va ularning birinchi bo'limdagi kutilgan gollar (xG) ko'rsatkichi 0 ga teng bo'ldi.
Bundan tashqari, maydonda yana avvalgi sport formasiga qaytgan Rodrini ko'rdik. U jarohatlar sababli "Manchester Siti" tarkibida mavsumni to'liq o'tkaza olmagan edi. Ko'rinib turibdiki, yarim himoyachi bor kuchini aynan mana shu Jahon chempionati uchun asrab qo'ygan ekan.
Kamoliddin Alimov: "Ispaniya 2,5 yildan beri Fransiyaga yutqazmayapti"
Terma jamoalarning o'zaro o'yinlari statistikasiga nazar tashlasak, ustunlik to'liq Ispaniya tomonida ekaniga guvoh bo'lamiz. Luis de la Fuente boshqaruvidagi hozirgi Ispaniya terma jamoasi Fransiyaga umuman mag'lub bo'lmayapti.
Bugungi kunda ushbu mutaxassis qo'l ostida ispanlarning mag'lubiyatsiz seriyasi naq 2,5 yildan beri davom etib kelmoqda. Bu juda katta va tahsinga loyiq ko'rsatkichdir.

Mirkomil Musaev: "Bu yilni basklar yili deb atashimiz mumkin"
Futbol mana shunday kutilmagan vaziyatlari bilan qiziq. Biz o'yindan oldin har qancha raqamlar, statistika va tahlillarga suyanmaylik, yashil maydondagi jarayon baribir boshqacha kechishi mumkin. To'g'ri, bazida prognozlar va hisob-kitoblar o'zini oqlaydi, ammo futbol baribir o'zining mana shunday kutilmagan go'zalligi bilan barchani maftun etadi.
Joriy yilni bemalol "basklar yili" deb atashimiz mumkin. Ispaniya terma jamoasi yilning eng asosiy musobaqasida kim aslida eng kuchli ekanligini butun dunyoga namoyish etib qo'ydi. Dide Desham ham bahsdan avval raqibning bu kuchini yaxshi anglab etgandi.
Aslida, Ispaniya maydon markazini to'liq nazorat qilish evaziga butun o'yin taqdirini hal qildi. Ular kerak paytda tartibli himoyalanishni, zarur vaziyatda esa hujumlarni yuqori darajada tashkil qilib, bahs suratini o'zlari istagandek boshqara olishdi.
Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”, “Ucell”, “TT LLC”, “Black Cofee”, “OfoTour”

