

“Arsenal” klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Uilyam Saliba bel qismidan olgan jarohati sababli 5 oygacha bo'lgan muddatni o'tkazib yuboradi.
25 yoshli markaziy himoyachi Ispaniyaga qarshi (0:2) kechgan bahsda maydonga yiqilgan va kuchli og'riq tufayli uchrashuvning 30-daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.

Taxminlarga ko'ra, francuz futbolchisiga operaciya kerak bo'ladi, tiklanish jarayoni esa 4 oydan 5 oygacha vaqtni tashkil etadi.
Saliba o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygandi.
Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi JCH bronza medallari uchun Angliya bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 19 iyul kuni 02:00 da boshlanadi.



