

Bu jamoaning qilayotgan ishlari shunchaki telbalik: beshta final! Biz bu erga amaldagi jahon chempionlari sifatida tashrif buyurdik, so'nggi to'rt yil davomida eng kuchli jamoa bo'ldik va bugun yana sayyoramizning eng kuchli ikki terma jamoasi qatoridamiz. Bizni yana bir final kutmoqda, - deya Messining so'zlarini keltiradi insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Jahon chempionatining finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari to'qnash kelishadi. Uchrashuv 19 iyul, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da Nyu-Jersidagi Metlayf stadionida bo'lib o'tadi.



