Xaris Xaydarevich – "Dinamo" futbolchisi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2026, 18:16
Superligada mavsumning ikkinchi qismi startidan avval "Dinamo" jamoasi selekciya jarayonini davom ettirmoqda.

Yozgi transfer oynasida "Dinamo" Bosniya va Gertsegovina mamlakatidan taklif etilgan Xaris Xaydarevich bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli yarim himoyachi bilan klub o'rtasida 2027 yilning yakuniga qadar mo'ljallangan 1,5 yillik kelishuv imzolandi. Bosniyalik legioner "Dinamo" safiga erkin agent sifatida qo'shildi.

Xaydarevich so'nggi uch yil davomida Serbiyaning "Radnik" klubi sharafini himoya qilib, 107ta o'yinda 12ta golga mualliflik qilgan va 1 iyul kuni jamoa bilan rasman xayrlashgandi. U shuningdek, bungacha Bosniyaning "Jeleznichar", Turkiyaning "Boluspor" klublari sharafini ham himoya qilgan.

photo_2026-07-16_17-57-37.jpgphoto_2026-07-16_17-57-40.jpgphoto_2026-07-16_17-57-42.jpg

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати