

"Istedodli yarim himoyachi Asadbek Rahimjonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Asadbek Rahimjonov – 2004 yil, 18 fevral kuni Namanganda tug'ilgan.
Faoliyati davomida "Turon" (Yaypan, 2022-2023), "Olimpik" (Toshkent, 2023-2024 yilning birinchi davrasi), "Bunyodkor" (Toshkent, 2024 yilning ikkinchi davrasi, 2025 - 2026 yilning birinchi davrasi) jamoalarida o'ynagan.
Bundan tashqari, Asadbek Rahimjonov O'zbekiston – U-23 tarkibida 20 ta o'yinda maydonga tushgan.
Asadbek Rahimjonovga “Navbahor” tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz.
Jamoamizda xush ko'rdik Asadbek", - deyilgan namanganliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.



