

Bugun - 30 iyul kuni klub safar o'yiniga bora olmasligini Ligaga ma'lum qildi.
Xatda “Bunyodkor” klubidagi og'ir moliyaviy holat mazkur qarorga sabab sifatida ko'rsatilgan. Yani, Bunyodkor klubida yo'l chiptalarini xarid qilish, safar davomida mehmonxonada istiqomat qilish va delegaciya a'zolarini ovqatlantirish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun mablag' mavjud emas. Avvalroq, klub bosh murabbiyi va qator futbolchilar jamoa a'zolari bir necha oydan buyon maosh olmayotgani, klub bazasida qator muammolar mavjud ekanligini ma'lum qilgandi.
Superliga reglamentidan kelib chiqib, 15-tur doirasida o'tkazilishi rejalashtirilgan “Qizilqum” - “Bunyodkor” uchrashuvi uchun mehmonlarga texnik mag'lubiyat yoziladi. Shuningdek, mavsum davomida bu kabi holat qayta sodir etilsa, “Bunyodkor” futbol klubini Superliga musobaqasidan chetlashtirish masalasi Liga Ijroiya qo'mitasi kun tartibiga kiritiladi.
O'z navbatida, Liga “Qizilqum” - “Bunyodkor” uchrashuvini o'tkazish bilan bog'liq barcha tashkiliy masalalarni to'xtatadi.
"Bunyodkor"da pul yo'q: Toshkent klubi Navoiyga bora olmaydi
Janoblar muzdek kabinetlardan chiqing: "Bunyodkor"ning taqdiri kimni xavotirga solyapti?



