"Qizilqum"ning yana bir futbolchisi "Istiqlol"ga o'tdi

Оқил Абдубарноев
1 avg 2026, 19:13
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi sobiq futbolchisi Oleksiy Shebetun o'z faoliyatini Tojikiston chempionatida davom ettiradigan bo'ldi.

Tajribali legioner joriy yilning yozgi transfer oynasi vaqtida navoiyliklar safini rasman tark etdi va Dushanbening "Istiqlol" klubi bilan o'zaro kelishuvga erishdi.

Ukrainalik markaziy hujumchi "Qizilqum" tarkibida jami 12 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Qayd etish joizki, bu Navoiy klubining Tojikiston jamoasiga yo'l olgan dastlabki vakili emas. Avvalroq "Qizilqum"ning yana bir o'yinchisi Alisher Shukurov ham aynan "Istiqlol" klubi tarkibiga transfer qilingan edi. Shu tariqa, qo'shni davlatning amaldagi chempionlari O'zbekiston Superligasida to'p ntggan legionerlar va mahalliy futbolchilar hisobiga o'z chiziqlarini kuchaytirishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia