"Andijon" Nematxonov bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 15:38
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Xabaringiz bor, bir necha kun muqaddam jamoamiz 3 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolagan bo'lib, ularning orasida himoyachi Nodirxon Nematxonov ham bor edi.

Biroq keyinchalik o'yinchining shaxsiy masalalari tufayli tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz”, – deyiladi andijonliklar xabarida.

Ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi faoliyatini “Qizilqum”da davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати