Superliga. "Lokomotiv" o'z maydonida goli inobatga olinmagan "Dinamo"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
7 avg 2026, 21:25
Superliga 16-turidan joy olgan bahs yakunlandi.

Superliga

16-tur

“Lokomotiv” – “Dinamo” 2:1

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Farxod Usmonov, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: 0:1 – 7, Jaloliddin Jumaboev (Tigran Avanesyan); 1:1 – 29, Diyorjon Turopov (Suhrob Nurulloev); 2:1 – 34, Temurxo'ja Abduxoliqov (Suhrob Nurulloev)

"Lokomotiv": 12.Nikita Shevchenko, 9.Suhrob Nurulloev (8.Bilol Tupliev, 71), 10.Shodiyor Shodiboev (7.Quvonchbek Abraev, 72), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Aleksandr Shushnyar (26.Abdulloh Yo'ldoshev, 60), 17.Sardor Mirzaev (14.Nikolay Ivanov, 80), 18.Aleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 71), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich.

Zaxira: 16.Danil Baklanov, 22.Sunnatilla Poyonov, 61.Nurlan Ibraimov, 99.Jasur Yaxshiboev.

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 3.Mixail Shtefan, 7.Sanjar Qodirqulov, 15.Rasul Yo'ldoshev (21.Jahongir Abdusalomov, 72), 19.Tigran Avanesyan, 20.Jaloliddin Jumaboev, 25.Oybek O'rmonjonov (4.Nurillo To'xtasinov, 57), 26.Marko Stanoevich (2.Artyom Radaev, 57), 30.Xaris Xaydarevich (24.Akbar Xudoyberdiev, 57), 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblaqulov (14.Bahodir Nasimov, 79).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 17.Salim Mustafoev, 18.Raul Jeparov, 22.Ulug'bek Abdullaev.

🏁 90+6' O'yin yakunlandi! Bosh hakamning yakuniy xushtagi chalindi va uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Dinamo" jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

90+1' Nurillo To'xtasinov jarima zarbasidan uzatilgan to'pni darvoza tomon yo'lladi, biroq uning zarbasi o'ta noaniq chiqdi.

90' Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

85' "Dinamo" futbolchisining jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Nikita Shevchenko qiyinchiliksiz egallab oldi.

🔄 80' "Lokomotiv" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Sardor Mirzaev maydonni tark etdi, uning o'rniga Nikolay Ivanov o'yinga qo'shildi.

🔄 79' "Dinamo" tarkibida so'nggi o'zgarish: Behruzbek Oblaqulov o'rniga Bahodir Nasimov o'yinga qo'shildi.

🔄 72' "Dinamo" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Rasul Yo'ldoshev o'rniga Jahongir Abdusalomov maydonga tushdi.

🔄 71' "Lokomotiv" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi: Diyorjon Turopov, Suhrob Nurulloev va Shodiyor Shodiboev maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Muhammadali Reimov, Bilol Tupliev hamda Quvonchbek Abraev maydonga tushishdi.

❌ 66' GOL INOOBATGA OLINMADI! VAR tekshiruvidan so'ng bosh hakam golni bekor qildi. Rasul Yo'ldoshev to'pni qabul qilib olishda qo'l bilan o'ynagani aniqlandi. Hisob o'zgarishsiz qolmoqda – 2:1.

⚽ 61' GOL! "Dinamo" hisobni tenglashtirmoqda! Behruzbek Oblaqulov tomonidan burchakdan oshirilgan to'pni Nikita Shevchenko mushtlari bilan urib yubordi. Jarima maydoni ichidagi kurashda Rasul Yo'ldoshev Yovan Nishichni ortda qoldirib, to'pni Nurillo To'xtasinovga etkazdi. To'xtasinov chap oyoqda aniq zarba yo'llab, olis burchakni nishonga oldi – 2:2.

🖥️ Vaziyatga VAR aralashmoqda, bosh hakam gol qoida buzilishsiz urilganini tekshirmoqda.

59' "Dinamo" hujumchisi Behruzbek Oblaqulov chap qanotdan zarba yo'lladi. "Lokomotiv" darvozaboni Nikita Shevchenko to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

🔄 57' "Dinamo" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi: Marko Stanoevich, Xaris Xaydarevich va Oybek O'rmonjonov maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Artyom Radaev, Akbar Xudoyberdiev hamda Nurillo To'xtasinov o'yinga qo'shilishdi.

53' Behruzbek Oblaqulov chap qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirdi, ammo markazda turgan sherigiga uzatgan to'pi juda noaniq chiqdi.

🔄 50' "Lokomotiv" tarkibida majburiy o'zgarish: Aleksandr Shushnyar maydonni tark etdi, uning o'rniga Abdulloh Yo'ldoshev o'yinga qo'shildi.

46' Ikkinchi bo'lim boshlandi. To'pni o'yinga "Dinamo" futbolchilari kiritib berishdi.

⏸️ 45+3' Birinchi bo'lim yakunlandi! Bosh hakam xushtagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Birinchi bo'limdan so'ng hisob – 2:1, "Lokomotiv" oldinda.

45' Birinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

41' Shodiyor Shodiboev va Tigran Avanesyan o'rtasidagi to'qnashuvdan so'ng maydonda kichik mayda janjal yuzaga keldi. Bosh hakam futbolchilarni tinchlantirdi va o'yinni davom ettirdi.

34' GOL! "Lokomotiv" hisobda oldinga chiqib olmoqda! Mezbonlarning o'z himoya chizig'idan boshlangan hujumi samarali yakunlandi. Suhrob Nurulloev maydon markazidan nozik kesma uzatma bilan Temurxo'ja Abduxoliqovga imkoniyat yaratdi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan Abduxoliqov darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi – 2:1.

29' GOL! "Lokomotiv" hisobni tenglashtirmoqda! Chap qanotdan boshlangan hujumda Aleksandr Shushnyar uzun uzatma bilan Suhrob Nurulloevni oldinga chorladi. Nurulloev to'pni jarima maydoni ichida qabul qilib, Diyorjon Turopovga uzatdi. Turopov to'pni o'ziga to'g'rilab olgach, penalti nuqtasi atrofidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 1:1.

⚠️ 20' XAVFLI VAZIYAT! Behruzbek Oblaqulov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Biroq Nikita Shevchenko o'z vaqtida oldinga chiqib, to'pni qiyinchilik bilan egallab oldi.

17' "Dinamo" yarimhimoyachisi Marko Stanoevich olis masofadan zarba berdi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

⚠️ 12' XAVFLI VAZIYAT! "Lokomotiv" a'zosi Suhrob Nurulloev jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo'lladi. "Dinamo" darvozaboni Edem Nemanov ishonchli harakat qilib, to'pni qaytarib yubordi.

⚽ 7' GOL! "Dinamo" hisobni ochmoqda! Jaloliddin Jumaboevning uzoq masofadan yo'llagan erlatib zarbasidan so'ng Nikita Shevchenko to'pni egallashda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'p darvoza to'ridan joy oldi – 0:1.

⚠️ 6' XAVFLI VAZIYAT! "Lokomotiv" chap qanotdan xavfli hujum tashkil etdi. Shodiyor Shodiboev jarima maydoni ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Korner.

1' O'yinga start berildi. Uchrashuvni mezbonlar maydon markazidan to'pni o'yinga kiritib boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Lokomotiv" a'zolari qizil, "Dinamo" futbolchilari esa ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia