"Ronaldu faqat o'zi xohlasagina qaytadi": Jorje Jezush hujumchi bilan mojaro va terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Iskandarov Abdulaziz
5 okt 2026, 10:30
Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik vaziyatga izoh berib, sarqdor qachon jamoaga qaytishi mumkinligini aytdi.

"Bir yil davomi ayniqsa bolalar uchun Krishtianu Ronaldu qanday futbolchi ekaniga guvoh bo'ldim. U global miqyosdagi ikona hisoblanadi. Shuning uchun ham o'yindan so'ng Krish faqat o'zi qaror qilsagina terma jamoaga qaytishini aytgandim. Bu borada hech qanday shubham yo'q.

Oramizdagi vaziyat haddan tashqari bo'rttirib yuborildi. Ayrim shaxslar aralashib, aslida mavjud bo'lmagan muammoga aylantirishdi. Murabbiy shunday maqomga ega futbolchini ham mashg'ulotga yubordi-yu, biroq maydonga tushirmadi, va bundan muammo yasashdi. Krish kabi ramziy maqomdagi inson terma jamoadagi faoliyatini shunchalik to'satdan yakunlashi uchun bu etarli asos deb hisoblaysizmi? Men uning qolishini xohlayman. U hech narsa abadiy emasligini, karera qachondir yakuniga yetishini yaxshi biladi. Lekin uning termadagi faoliyatini o'zi istaganday yakunlashini istardim. Qaror o'ziga bog'liq. Biz aynan shu haqda gaplashdik", - deya Jezushning so'zlaridan iqtibos keltiradi Record.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu Millatlar ligasi 3-turidan o'rin olgan Daniyaga qarshi o'yin (4:2) oldidan bosh murabbiy Jorje Jezushning hech qanday mojaro yo'qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, terma jamoa ixtiyorini tark etgan edi. Qator portugaliyalik ommaviy axborot vositalari Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida ekanini xabar qilgandi. Shuningdek, Jezush hujumchi bilan yarashuv uchrashuviga rozilik bergani va futbolchini noyabr oyidagi o'yinlar uchun qaydnomaga kiritmoqchiligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia