

Suriya bilan bahsga milliy jamoa safida debyut qilgan Aziz Xolmurodov oldindagi to'qnashuv avvalidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Koreyaga yetib kelishimiz yaxshi o'tdi. Oldindagi bellashuvda munosib o'yin ko'rsatamiz.
Milliy terma jamoada o'ynash men uchun orzu bo'lgan. Xudoga shukur, bu bosqichgacha yetib kela oldik. Debyutga to'xtalsam, jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Bundan keyin ham terma jamoadan chaqiruv olishga harakat qilaman va muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga bor kuchimni beraman",- deydi Aziz Xolmurodov.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreya - O'zbekiston qarama-qarshiligi 6 oktyabr kuni 16:00 da boshlanadi.



